Ijarada botil shartning xukmi

Assalomu alaykum! Bir odam zakaz berib kiyim tiktirmokchi. Tikuvchi shunday 2 ta shartni qo‘ygan. 1- pul oldindan beriladi. Ikkinchisi yoqmasa puling qaytmaydi. Tovarni baribir olasan degan. Savolim shundan iboratki asli shariatda bunday shart botil emasmi? Botil bo‘lsa aqdni ham botil qiladimi? Ikkinchi tarafi g‘arar emasmi, Chunki tikuvchi yaxshi tiksa foydasiga, yomon tiksa ziyoniga? Bu erda ish pitgandan keyin tanlash ixtiyori yoq ku? Oxirgi savolim, o‘zbek tilida savdo bobi haqida boricha mufassal bayon qilingan, yoritib berilgan qanday manbani tavsiya qilasizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgi kunda diyonat me’yori o‘zgarib qoldi. Buyurtmachini holiga qaralinadi. Xizmat haqini bermaslik ehtimoli katta bo‘lsa xizmat haqini oldindan olib omonat shaklda tutib turishi mumkin. Agar tikuvchi buyurtmada ko‘rsatilgandek shartlarga ko‘ra tikib tayorlasa mijoz “yoqmadi olmayman” deyishga haqi yo‘q. Mabodo buyurtmada kelishilgan shartlar topilmasa olmaslikka haqi bor. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 08:59 | Savol-javoblar | 173 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar