Biz namozga chiqsakgina biz bilan birga o‘qiydi

Assalomu alaykum! Ishxonamizda jamoat bo‘lib namoz o‘qishga odatlanganmiz. Bir xamkasbimiz aksariyat holatarda biz namozga chaqirsak biz bilan birga namoz o‘qigani chiqadi. Lekin ba’zida "ishim ko‘p" "orqangizdan etib olaman" "keyinroq o‘zim o‘qiyman" deb namozga chiqmaydi. Agarda raxbarimiz xam biz bilan birga namozga chiqsalar so‘zsiz u xam namozni qoldirmaydi. Men tushunishim bo‘yicha u o‘zi xolida namoz o‘qimaydi, Faqat biz majburlasak yoki boshlig‘imiz namozga birga chiqsalar u hijolat bo‘lib biz bilan birga chiqadi. Men nuroniylarimizdan "namozni bir o‘qib bir o‘qimasa Allohni mensimagan bo‘ladi" deb eshitganman. Savolim shundaki agar biz xamkasbimiz bizsiz namoz o‘qimasligini bilsak, uni namozga chaqirishimiz yoki namozga undab olib chiqishimiz joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shu chiqib turganiga shukur qilib turavering. Ajab emas birorta nasihat ta’sir qilib qoldirmaydigan bo‘lib qolsa. Bunaqa o‘qisang o‘qima deb shaytonni ishini qilmanlar. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 10:37 | Savol-javoblar | 141 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar