Xatm qilish qoidalari

Assalamu alaykum! Aziz dindoshlar! Alloh sizlarni O‘z himoyasida asrasin! Savolim shundan iborat: Men siz tavsiya qilgan mashhur qori Mahmud Xalil Husariy hazratlarining Qur’on o‘qish qoidalari bilan o‘rganib, o‘qimoqdaman. Shu yo‘sinda ham tafsirini ham o‘qib o‘rganayapman. Avval 10 ta oyat, so‘ng tafsir, yana 10 ta oyat so‘ng yana tafsir o‘qib davom ettirayapman. Shu o‘qishim ham xatmga kiradimi? Yoki xatm faqat asl kitobdan qilinadimi? Bu o‘qishimni men faqat begim kunlari ishxonamda tushlik vaqtimda 1 soat o‘qiyman. Uyga borib Qur’on kitobidan faqat dam olish kunlari o‘qiyman. Boshqa payt aytarlik vaqtim bo‘lmaydi. Uyda Qur’ondan, ishxonamda kompyuterdan o‘qisam, shunda alohida kitobdan va alohida kompyuterdan xatm qilgan bo‘lamanmi? Tugaganida 2 ta xatm o‘rniga o‘tadimi? Katta rahmat.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Albatta o‘tadi. Tarovehlarda o‘qiguvchi qori tarafidan ham, egshitguvchilar tarafidan ham Qur’on xatm qilingan hisoblanadi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:37 | Savol-javoblar | 207 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar