Teridan qilingan oyoq kiyimni najosatdan poklash

Assalomu alaykum! Bilishimcha teridan bo‘lgan poyavzalga suyuq najosat tegsa yani maxsi yoki poyavzal uni yuvib suv tommaydigan darajada kutib shu xolatni 3 marotaba qilish bilan poklanadi. Sababi teridan qilingan narsani siqib bo‘lmaydi, Shu mavzuda savolim bor edi hozirgi zamonaviy avtomat kir yuvish mashinasida yuvilganda yani 1:30 soat atrofida yuvadi. Shunday usul bilan bir marta yuvilsa teridan qilingan maxsi va shunga o‘xshash oyoq kiyimlari najosatdan pok bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgilarini mashinaga ham solib o‘tirmasdan uch marta yuvib siqib tashlab yuborsangiz pok bo‘laveradi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 10:59 | Savol-javoblar | 174 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar