Tushunmovchilik
Assalomu alaykum! Yuzga urish harom dedingiz, ammo ba’zi joylarda shayximiz Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf boks bilan shug‘ulanganlar deyishadi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham sport bilan shug‘ullanishni ta’kidlaganlar. Shunga tushunmayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh boks bilan shug‘ullanmaganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shug‘ullanishdan qaytargan emaslar, aksincha targ‘ib qilganlar. Yuzga urishdan qaytarganlar. YuZGA URISh VA TAMG‘A BOSISh HAROMDIR عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: نَهَى رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنِ الضَّرْبِ فِي الْوَجْهِ وَعَنِ الْوَسْمِ فِيهِ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّ Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuzga urishdan va unga tamg‘a bosishdan nahiy qildilar». Muslim va Termiziy rivoyat qilganlar. Sharh: Yuz har bir jonzotning eng aziz va mo‘’tabar, go‘zalligi jamlangan a’zosidir. Shuning uchun ham bunday mo‘’tabar a’zoni azobga qo‘yish boshqa joylarga qaraganda ko‘ra og‘ir olinadi. وَعَنْهُ قَالَ: مَرَّ عَلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ حِمَارٌ قَدْ وُسِمَ فِي وَجْهِهِ، فَقَالَ: لَعَنَ اللهُ الَّذِي وَسَمَهُ Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilaridan yuziga tamg‘a bosilgan eshak o‘tdi. Bas, u zot: «Unga tamg‘a bosganni Alloh la’natlasin!» dedilar». Sharh: Mana buning otini hayvonot olamini himoya qilish deyiladi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning eshakka tamg‘a bosgan odamga Alloh taoloning la’nati bo‘lishini tilashlari oson ish emas. Ha, Islomda tirik jonzotga azob bo‘ladigan, uning tashqi ko‘rinishini buzadigan ishlar shu qadar qattiq olinadi. Endi eshakka tamg‘a bosib, uning tashqi ko‘rinishini buzgan, azob bergan odamga shunchalik munosabat bo‘lsa, odamga nisbatan shu ishni qilganlarga qanchalik yomon munosabat bo‘lishini o‘zimiz bilib olaveraylik. Bu rivoyatda zikri kelgan eshakning yuziga tamg‘a bosilgan ekan. Yuqorida aytilganidek, yuz har bir jonzotning go‘zalligi va shaxsiyati ramzidir. Shuning uchun ham yuzga urish va tamg‘a bosish Islom shariatida harom qilingan. Bu boradagi gapni shu erda to‘xtatilaversa bo‘lar edi. Ammo muallif, kezi kelganda bir yo‘la to‘liq ma’lumot berish maqsadida, azob ma’nosida emas, balki belgi qo‘yish ma’nosida hayvonlarning og‘riq kam bo‘ladigan qulog‘i va soniga o‘xshash joylariga tamg‘a qo‘yish joizligi haqidagi hukmning chiqishiga dalil bo‘lgan rivoyatlardan ikkitasini keltirishni ravo ko‘ribdilar. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Sizlar bizni etkazuvchi deb tushuninglar. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 16:24 | Savol-javoblar | 173 | Dolzarb savollar