Mafiya (ovchi) o‘yini

Assalomu alaykum! Bizda kompaniya ishchilarini malakasini va jamoaviy ruxiyatini muntazam oshirib borish uchun yilni xar faslida o‘quv kurslari (timbilding) o‘tkazib turiladi. O‘quv seminar vaqti xamma ishtirokchilarga qulay bo‘lishi uchun namoz vaqtini xisobga olib belgilangan. Seminar yakunida, mutaxassislar tavsiyasi bilan barcha ishchi xodimlar ishtirokida xar xil jamoaviy o‘yinlar, xususan xozirda ommalashib borayotgan “mafiya” (ovchi) o‘yini o‘ynaladi. Qisqacha qoidasi, 15-20 kishiga qur’a tashlanib, unga ko‘ra “ovchi”ni oddiy o‘yinchilar o‘zini tutishi, gap-so‘zini taxlil qilib, ovozga qo‘yib tezroq topish maqsad qilingan. Bu vaqtda, xar bir ishtirokchi o‘zini “ovchi” emasligini isbotlashi uchun xamma choralarni ko‘radi, yolg‘on gapirib bo‘lsa ham (lekin qasam ichilmaydi) va barcha xodimlar 100% ishtirok etishlari shart. (wikipedia.org/wiki/Mafiya_(igra) – batafsilroq ma’lumot olishingiz mumkin). Ta’sufki, yolg‘on va shubhaga asoslangan bu o‘yin o‘z navbatida ommalashib ishchilarni boshqa yig‘ilashlarida ham avj olmoqda. Umuman olganda, musulmon odam shu kabi o‘quv-mashg‘ulotlarida va jamoaviy o‘yinlarda ish beruvchini talabiga ko‘ra ishtirok etishi mumkinmi? Javobingiz uchun oldindan raxmat, izlash xizmatidan to‘liq javob ololmadim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmon odam dini harom qilgan har qanday ishdan o‘zini uzoqda qilishi shart. Jamoaviy dam olishda dini, oxirati, jamiyati va o‘ziga foydali shariat harom qilmagan mashg‘ulotlar bilan o‘tkazish kerak. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 10:59 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar