Muqtadiyni salom berish tartibi

Assalomu alaykum! Men bir xolatga oydinlik kiritib berishlaringizni istardim. Imomga iqtido qilgan namozxon imom ikki tamonga to‘liq salom berib namozni tugatgandan keyin, muqtadiyning undan keyin ikki tamonga salom berishi to‘g‘rimi yoki namoz buzilishiga sabab bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namoz buzilmaydi. Afzali imom o‘ng tarafga salom bergach muqtadiy ham o‘ng tarafga salom berishidir.قال الفقيه أبو جعفر المختار أن ينتظر إذا سلم الإمام عن يمينه يسلم المقتدي عن يمينه وإذا فرغ عن يساره يسلم المقتدي عن يسارهكذا في فتاوى قاضي خان Faqih Abu Ja’far aytadi: Muxtor qavl shuki, muqtadiy imomni kutib turadi. Imom o‘ng tarafiga salom bergach muqtadiy ham o‘ng tomonga salom beradi. Imom chap tarafga salom berib bo‘lgach muqtadiy ham chap tomonga salom beradi. Fatovoi Qozixonda shunday deyilgan. (Fatavoi Hindiya). Vallohu a’lam!

16 Dekabr 2023, 14:18 | Savol-javoblar | 0 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar