Ota-onasi borlar idda saqlamaydimi
Assalomu alaykum! Qaynotam olamdan o‘tganiga 3 oy bo‘lidi. Qaynonam idda saqlab uyda o‘tiripdi. Qari ota-onasi bor, idda saqlamay yonimizga kel deb chaqiryapti. Ko‘chaga chiqmayman desa ota-onasi borlar idda saqlamaydi deb tushinishmayapti. Nima qilsin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota-onasi borlar idda saqlamaydi degan gap mutlaqo noto‘g‘ri. Eri vafot qilgan ayol to‘rt oyu o‘n kun idda o‘tirishi kerak. Bu holatda zarurat uchun kecha-kunduz chiqsa bo‘ladi. Ota-onasidan xabar olish zaruratga kiradi. Lekin kechasi uyida tunashi kerak. Bu haqida “Kifoya” kitobida shunday deyilgan:
Vafotning iddasida o‘tirgan ayol kecha-kunduz chiqishi mumkin. Ammo manzilida tunaydi.
Chunki eri o‘lgan ayol taloq qilingan ayoldan farqli o‘laroq, o‘zini o‘zi nafaqa bilan ta’minlashga muhtoj. Shuning uchun uyidan chiqishga majbur bo‘ladi. Taloq qilingan ayolning nafaqasi esa uni taloq qilgan eriga vojib bo‘ladi.
Ayol ajrashgandan keyin ham, vafotdan keyin ham o‘z manzilida idda o‘tiradi. Illo, u boshqalar tomonidan chiqarilsa yoki molining talafotga uchrashidan va uyning yiqilishidan qo‘rqsa yoxud uyning ijara haqini topa olmasa, chiqadi.
Bu hukmning dalili quyidagi hadisdir: عَنِ الْفُرَيْعَةِ بِنْتِ مَالِكٍ الْخُدْرِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّهَا جَاءَتْ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ تَسْأَلُ أَنْ تَرْجِعَ إِلَى أَهْلِهَا فِي بَنِي خُدْرَةَ، وَأَنَّ زَوْجَهَا خَرَجَ فِي طَلَبِ أَعْبُدٍ لَهُ أَبَقُوا، حَتَّى إِذَا كَانَ بِطَرَفِ الْقَدُومِ لَحِقَهُمْ، فَقَتَلُوهُ، فَسَأَلْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنْ أَرْجِعَ إِلَى أَهْلِي، فَإِنَّ زَوْجِي لَمْ يَتْرُكْ لِي مَسْكَنًا يَمْلِكُهُ، وَلَا نَفَقَةً، قَالَتْ: فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: نَعَمْ، قَالَتْ: فَانْصَرَفْتُ حَتَّى إِذَا كُنْتُ فِي الْحُجْرَةِ أَوْ فِي الْمَسْجِدِ، نَادَانِي أَوْ أَمَرَ بِي، فَنُودِيتُ لَهُ، فَقَالَ كَيْفَ قُلْتِ؟ فَرَدَدْتُ عَلَيْهِ الْقِصَّةَ الَّتِي ذَكَرْتُ مِنْ شَأْنِ زَوْجِي، قَالَ: امْكُثِي فِي بَيْتِكِ، حَتَّى يَبْلُغَ الْكِتَابُ أَجَلَهُ، قَالَتْ: فَاعْتَدَدْتُ فِيهِ أَرْبَعَةَ أَشْهُرٍ وَعَشْرًا، فَأَخْبَرْتُ عُثْمَانَ، فَاتَّبَعَهُ، وَقَضَى بِهِ. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ Furay’a binti Molik Xudriy roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«U Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga Banu Xudradagi o‘z ahliga qaytishni so‘rab keldi. Chunki eri qochib ketgan qullarini quvib borib, Qaddum tomonda ularga etib olganda ular tomonidan qatl etilgan edi.
«Shunda men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan o‘z ahlimga qaytishimni so‘radim. Chunki erim menga maskan ham, nafaqa ham qoldirmagan edi.
Bas, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», dedilar. Men chiqib, hujraga yoki masjidga etganimda u zot meni chaqirdilar yoki (chaqirib kelishga) amr qildilar.
Men u zotning huzurlariga chaqirildim. U zot menga:
«Nima deding?» dedilar.
Men u zotga erim haqidagi qissani qaytarib aytdim. Shunda u zot:
«Farz qilingan (idda) o‘z muddatiga etmagunicha uyingda tur», dedilar.
Men u erda to‘rt oyu o‘n kun idda o‘tirdim. Bu haqda Usmonga xabar berdim. U ham shunga ergashdi va shunga binoan hukm chiqardi».
«Sunan» egalari rivoyat qilishgan. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 12:15 | Savol-javoblar | 147 | Ayollarga oid masalalar