Zakotni bo‘lib bo‘lib bersam bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Oilamizda kirim - chiqim umumiy. Otam, akam va meni pulim qo‘shib yig‘iladi. Kim qancha pul qo‘shishi har doim bir xil emas. O‘zim ishlaydigan pullardan zakot miqdorini bo‘lib bo‘lib bersam bo‘ladimi? Masalan 40 million oilaviy yig‘ilgan umumiy pulimizdan 1 million zakot ajratish kerak bo‘lsa shu pulni 2 oyda har oyda 500 mingdan qilib bir odamga bersam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Ammo u otangiz yoki akangiz tarafidan emas o‘zingizni hissangizchasidan ado bo‘ladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 12:15 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar