Qarzimni qanday ado etsam bo‘ladi

Assalomu alaykum! Men 2015-yili farzandimning to‘yida otamdan qarz olgan edim. Otam 2020-yil vafot etdila, qarzimni shu vaqtgacha qaytarib berolmadim. Qarzimni qanday ado etsam bo‘ladi? Olgan qarzimni qurilayotgan masjidlarga otamning nomlaridan ehson qilsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Otangizdan merosxo‘r shaxslarga merosda ko‘rsatilganidek bo‘lib berishingiz shart. Nomidan ehson qilishingiz o‘tmaydi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 12:48 | Savol-javoblar | 135 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar