Mazxablar borasida asr vaqti

Assalomu alaykum! Men musofir yurtda (Koreada) o‘qiyman, malum sabablarga ko‘ra qazodan qo‘rqib asr vaqtini shofiy mazhabining vaqti bilan o‘qiyman (2yildan beri) O‘zim hanafiy mazhabidaman, hozir noto‘g‘ri ish qilmayapmanmi gunohga yuz tutmayapmanmi? Bir do‘stim bu mazhabsizlarning ishi deb eshitgani uchun oydinlik kiritish maqsadida savol yo‘llayapman hanafiy mazhab vaqtiga o‘zgarib o‘qimasam bemazhab hisoblanamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslida hanafiy mazhabida ham asrning vaqti to‘g‘risida ikki xil qavl bor. Birinchisi hozirda hanafiylarning aksari amal qiladigan imom Abu Hanifaning qavllari. Unga ko‘ra asrning vaqti har bir narsaning soyasi o‘ziga ikki barobar bo‘lganda kiradi. Ikkinchi qavl hanafiy mazhabidagi imom Abu Hanifaning shogirdlari imom Abu Yusuf, Muhammadlar qavli. Bu qavl Shofi’iy, Molik va Hanbaliy mazhablarining gapiga muvofiq keladi. Bu qavlga ko‘ra asr namozining vaqti har bir narsaning soyasi o‘ziga bir barobar bo‘lganda kiradi. Shunday ekan agar sharoit shuni taqozo qilsa, siz ikkinchi qavlga binoan asrni o‘qishingiz mumkin. Bunda bir holatga e’tibor berishingiz kerak U ham bo‘lsa, siz uchun endi peshin namozinigz vaqti ham o‘sha ikkinchi qavlga ko‘ra har bir narsaning soyasi o‘ziga bir barobar bo‘lganda tugaydi. Shunday ekan bundayn buyon ikkinchi qavlag amal qilganingiz uchun peshinni o‘sha vaqtdan oldin o‘qib olishingiz va kechiktirmasligingiz kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 01:17 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar