Nomaxram rasmini saytga qo‘yish

Assalomu alaykum! Veb dasturchi bo‘lib ishlayman. Sayt qilamiz ishda. Ishga kirishdan oldin ish shariatga to‘g‘ri kelishini tekshirganman, keyin ishga kirganman. Xozi shunaqa xolat bo‘lyaptiki men nomaxramni rasmini ko‘rsatishim kerak. Saytimiz davlat korxonasiniki. Men u erda nomaxram bo‘lim boshligi rasmini ko‘rsatishim kerak. Avrati ochiq. Shu masalada nima qilsam bo‘ladi? Men nima qilsam bo‘ladi, kelajakda boshqa ishlarda shunaqa bo‘lib qolsa. Oldindan bilsam yo‘q qilmayman deysiz ammo ishni malum qismini qilib keyin bu narsa aniqlaniyapti. Shunga xayronman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Inson oxirgi nafasigacha imtihonda bo‘ladi. Imtihondan shariatga muvofiq o‘tganlar najot topadilar. Sizni imtihoningiz shu ekan. Gunoh ish qilmang. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 13:09 | Savol-javoblar | 143 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar