Telefonda kechirim so‘rash

Assalomu alaykum! Men hozir 22 yoshdaman balog‘atga etganimdan beri diniy ilmim bo‘lmagani uchun juda ko‘p insonlarni g‘iybat qilib qo‘yganimni angladim. Avvaliga kechirim so‘rashligim menga og‘irdek tuyuldi lekin asta asta bu og‘irlik oxiratda meni juda og‘ir ahvolga solib qo‘yishini tushundim va kimni g‘iybat qilgan bo‘lsam ramazon kirishi oldidan uzur so‘radim. Uzrni faqat telefon orqali yani telegram orqali so‘radim. Uzrim shunday edi ...brodarim akam sizni shu paytgacha g‘iybat qilgan bo‘lsam dilingizga ozor bergan bo‘lsam Alloh uchun kechring mendan rozi bo‘ling dedim. Deyarlik hamma men roziman siz ham rozi bo‘ling deyishdi. Shu so‘ragan uzrim hisobga o‘tadimi? 2- savolim men sinfdoshim bo‘lgan qizlarni ham g‘iybat qilgan ekanman. Ulardan qanday uzr so‘rasam bo‘ladi? Ular hammasi turmush qurgan oilali ayollar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Hisobga o‘tadi. 2). Bilmadik. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 13:09 | Savol-javoblar | 171 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar