Gunohkor bo‘lamanmi?

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar sizlarni qilayotgan ishilardan Alloh rozi bo‘lsin. Bizni jo‘ralar boshqalar bilan pullik futbol stadionda yutqazgan to‘lar o‘ynashadi. Men juda ko‘p aytdim bu qimorligini, lekin quloq solishmayapti. Shunchun stadion haqqi 50.000 ming unda 10 ta odam o‘ynaydi shunchun men bizni jamoa yutganda ham yutkazganda ham 5.000 ming so‘mdan to‘lasam ham gunohkor bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Gunohkorsiz. Siz yutuvchilarga yoki yutqazganlarga hamrohsiz. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 09:18 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar