Stanokdan zakot

Assalomu alaykum! Tseximizda ishlab turgan stanoklardan ham zakot beriladimi? Misol non maxsuloti chiqariladi, ko‘p miqdorda un olib qo‘ysam, olib qo‘ygan unimdan ham zakot beramanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Stanok va idishlaridan bermaysiz. Xom-ashyo bo‘lgan un, kunjut, yog‘(moy), ta’bir joiz bo‘lsa ishlatish uchun olib qo‘ygan tuzlardan ham beriladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:22 | Savol-javoblar | 162 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar