Bergan savolim to‘g‘risida
Assalomu alaykum! Ustozlar bundan bir necha sizlarga shunday savol bilan murojat qilgan edim. " Assalomu alaykum! Men namozga tahorat olib ko‘pincha masjidda jamoat bilan namoz o‘qiyman. Namozga kirganimda ko‘pincha el chiqqanday bo‘ladi ya’ni qandaydir havo (poq etib) otilib chiqadi ba’zida kichikroq ba’zida kattroq men boshida el chiqmoqda deb namozimni buzib yana tahorat olib kelib o‘zim namoz o‘qishni boshlasam ham shu holat yana qandaydir havo chiqib ketayapti tushunmay qoldim agar el chiqmoqchi bo‘lsa qornim bildiradida keyin el kelsa ushlab turishim ham mumkin ammo bu havoni qornim hammasi joyida bo‘lganda ham chiqib ketaveradi hech ushlab qolib bo‘lmayapti agar har shunday chiqqanda namozni buzib tahorat olaversam o‘zimga zulm qilib qo‘yaman unda tashqari agar bu vasvasa bo‘lsa vasvasa kuchayib keyin namoz o‘qib va tahorat olish qiyinlashib ketadi. Yana eng qiziqi bu holat faqat namoz o‘qiyotganda bo‘lmoqda boshqa vaqtda hech bo‘lmaydi bir namozda 2 yoki 3 marta ham bo‘lmoqda. Bunday holatda men nima qilay? Shayton shunday havo chiqarib menga namozda vasvasa qilish mumkin yoki bu havo haqiqiy elmi? Bu chiqadigan havoni hid yo‘q ammo sezgi a’zolarimga bilnadida havo chiqqandi hech tushunmayapman nima bo‘layotganini?" Shunda sizlardan shunday javob olgan edim " Va alaykum assalom! Agar siz to‘ladan kelgan odam bo‘lsangiz bu muammo semiz odamlarda ko‘p bo‘ladi. Ularning orqalari semiz bo‘lgani uchun yurganda yoki boshqa harakatlar qilganida ikki dumba orasidan ham ba’zan havo paydo bo‘lib chiqishi kuzatiladi. U havo avrat teshikdan chiqmaydi, ikki dumbaning orasidan chiqadi. Shunday bo‘layotgan bo‘lsa, u bilan tahorat ketmaydi. Vallohu a’lam!" ammo men ozg‘inman massam 45 kg ham chiqmasa kerak. Hozirda ham shu tepadagi holatdan qiynalmoqdaman. Menda surunkali xolestiti kasalligi bor qornim ko‘p dam bo‘ladi jamoat namozlari qorin dam bo‘lib el kelsa qattiq ushlab turaman agar chiqsa tahorat olaman deb turaman 99% chiqmay ichkariga qaytib ketadi. Ammo usha el ga uxshagan havoga farqi yuq bulmoqda namozni boshladim deganimda orqa avratimga havo to‘lib chiqib etdigay bo‘ladi xuddi el chiqib tuxtab turganga uxshaydida ko‘pincha sajda qilganimda orqa avratdan havo chiqib ketadi bu holat bir namozda yuq deganda 2 marta bo‘ladi. Ammo men bu havo avrat teshigidan chiqadi deb bilmayapman chunki avrat teshigan chiqishi uchun xatto kichik bulsa ham ichkaridan kelib avrat teshigiga urilishi kerak va chiqsa ham bilinadida. Har shunday havo chiqqanda tahorat olay desam tahorat olib kelsam ham ko‘pincha shunday bo‘ladi yoki qorin dam bo‘lib haqiqiy el kelib qoladi. Har safar shunday havo chiqqanda tahorat olsam bunday havo ko‘paymoqda bir safar tahorat olayotganda ham shunday havo chiqdi men bu vasvasa el mas deb etibor bermay dedim ammo qaytadan tahorat olish osonku deb tahoratni boshidan boshlasam tahorat oxirlariga kelganda yana chiqdi yana boshidan boshladim yana chiqdi keyin etibor bermay namozni o‘qidim. Uzimni kasalligimda ancha davolandim uncha foydasi bo‘lmadi yana pul yig‘ib yana davolanmoqchiman ammo doktorga bunday holatni aytsam men esi joyida emas desa kerak ham bunday holat vasvasa bilan bog‘liq deb gumon qilayapman. Shayton yoki kofir jinlar menga ko‘p vasvasa qiladi doimo Robbimdan panoh so‘rab yuraman shu shayton yoki kofir jinlar atayin shunday havoni avrat ichidan chiqarishi mumkinmi bu holat namozlar bo‘ladi atayin qilganga uxshaydi xuddi kutib turilganga uxshaydi. Bunday holatda nima qilsam bo‘ladi jamoat namozlari juda ko‘p bo‘ladi doimo qurqib turaman usha havo yoki el chiqib ketmasin deb ammo afsus bari bir chiqadi. Haqiqiy el bilan bu havo qanday ajratsam bo‘ladi odatda men shunday qilaman shunday havo chiqasa birdaniga qornimga qarayman qorin joyida dam bo‘lmagan bulsa namozni buzmayman agar qornim dam bo‘lib el ichkaridan kelsa avrat teshigida kelib qoldi men ushlab turaman chiqsa yangi tahorat chiqmasa namozni buzmayman shu holatda namoz o‘qib kelmoqdaman. Men uylantirib quygan narsa bu chiqadidan havo nima o‘zi nimaga aynan namoz vaqtida chiqadi nimaga namoz vaqtda ko‘p chiqadi shu narsalarga uylanib qolmoqdaman semiz bo‘lmasam. Ustozlar menga shu holatimda maslahat beringizlar nima qilay? Shu chiqadigan havo nima o‘zi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu kasallik bo‘lsa shifokorga murojaat qiling, agar vasvasa bo‘lsa unga parvo qilmang. Qanchalik vasvasaga quloq tutsangiz shunchalik ibodatdan qolib ketaverasiz. Shaytonning maqsadi ham shu. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 14:14 | Savol-javoblar | 194 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu kasallik bo‘lsa shifokorga murojaat qiling, agar vasvasa bo‘lsa unga parvo qilmang. Qanchalik vasvasaga quloq tutsangiz shunchalik ibodatdan qolib ketaverasiz. Shaytonning maqsadi ham shu. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 14:14 | Savol-javoblar | 194 | Dolzarb savollar