Reklama qilish

Assalomu alaykum! Ota o‘zining    qizini(9-sinf) nomahram yigitlarga, telefonda rasmini ko‘rsatib “Qizimga uylan” degan ma’noda taklif(reklama) qilishi joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu otaning din-diyonatiga bog‘liq. Agar qizini xulqi turmushga chiqish vaqti kelganiga dalolat qilsa, taklif qilinayotgan kuyov ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarida aytganlaridek dini va xulqiga rozi bo‘ladigan yigit bo‘lsa buning hech qanday ayb qiladigan joyi yo‘q. Hazrati Umar roziyallohu anhu qizlari Hafsa roziyallohu anhuni Abu Bakrga, u kishi rozi bo‘lmaganlarida Usmon roziyallohu anhuga taklif qilganlar. Albatta mol-dunyoni deb yoki o‘zining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qizni roziligini e’tiborga olmay bunday qilish shar’an joiz emas.  Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 20:45 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar