Formadagi insonlarning namozi

Assalomu alaykum! Vatan himoyasida forma kiyib tunu-kun xizmatdamiz. Savolim shundan iboratki mening o‘qilmay qolgan namozlarimning qazosi qanday bo‘ladi? Bundan keyin qanday xarakat qilishim kerakligini tushuntirib bersangizlar. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh sizlarni O‘zining himoyasida saqlasin. Avrat berkiladigan narsa bo‘lsa bo‘ldi, u formami yoki boshqa narsami farqi yo‘q. Soldatlarni kazon etigi yoki ipli qo‘nji baland sapogiga tahorat vaqtida mash tortilsa joiz. Keyin uni echmasdan namoz o‘qiyveradi. Hech bo‘lmasa farzlarini bo‘lsa ham ado qiling. Qazolarini ham shunday o‘qiyveradi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 14:25 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar