Qayni uka bilan yolg‘iz qolish

Assalomu alaykum! Biz erim va ikki farzandim bilan shaharda ikki xonali kvartirada turardik. Bir oy bo‘ldi erimni ukasi shaharda ishlash maqsadida viloyatdan biznikiga keldi. Yoshi 26da men bilan tengdosh. Bomdod mahal bozorga savdoga chiqib abetga yaqin qaytib keladi. Erim esa ertalabdan kechgacha ishda bo‘ladi, bazan yarim kechasi 12,1da keladi. Farzandlarim kattasi ikki yosh, kichigi 10oylik. Qaynukam Allohni tanigan yaxshi odam. Lekin dom sharoiti bo‘lganligi sababli uy ishlarini qilish, bo‘llarimga va o‘zimga qarash kabi ishlarda menda kop noqulayliklar bo‘lyapti. Erimga xijolat bo‘lyapman, birga qolishimiz noto‘g‘ri desam, sen uni yangasi bo‘lasan shuniyam hisobga ol deb menga jahl qilyapti. Iltimos shu holatimizga shariat hukmini bildirib o‘tsangiz. Qaynukam bilan kuni bo‘yi bitta uyda qolishimiz to‘g‘rimi? Erimga qilyotgan norozichiligim noo‘rinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz to‘g‘ri o‘ylagansiz. Eringiz bilan maslahatlashing va u kishi boshqa joyda turishini aytsin. Shariatda qayniukangiz sizga nomahram sanaladi va bir uyda yolg‘iz qolishingiz durust emas. Bolangiz yaxshi-yomonni tanimaydigan yoshda ekan. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 14:25 | Savol-javoblar | 172 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar