Davlat ishidagilar nomozi

Assalomu alaykum! 1. Men davlat ishida ishlayman alxamdulillox nomozni bo‘laganimga 1 yil bo‘ldi. Meni qinayotgan savol bizga nomoz o‘qishga ruxsat yo‘q, yashirib o‘qiman. Jamoat bilan masjitda o‘qishni iloji yo‘q. Berkitib yolg‘iz o‘qigan nomozlarim xam durust bo‘ladimi? 2. Nomoz vaqti xayolim qochib ko‘p chalg‘iman bazan nechcha rakat o‘qiganim esimdan chiqib qaytadan o‘qiyman, chalg‘imaslik uchun nima qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Albatta durust bo‘ladi. 2). Yodlagan suralaringizni ma’nolarini ham yodlab, zam sura qilayotganingizda ma’nolarini tafakkur qilib o‘qing. “Ruhiy tarbiya” kitobini o‘qing va o‘qiganlaringizga amal qiling. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 14:47 | Savol-javoblar | 202 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar