Maxrni bermasa

Assalomu alaykum! Er xotiniga va’da qilingan maxrni bermasa, xotini bilan yashamasa, javobini berishdan bosh tortsa, xotini bilan yashagan payti yolg‘on so‘zlagan, quruq va’dalar berib bajarmagan bo‘lsa, xukmi nima bo‘ladi. Bu ayoliga nisbatan zulm emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar va’da qilgan mahrni bermasa, o‘sha er ayolidan xotin sifatida hech narsa talab qilishga haqqi bo‘lmaydi. Mahr ayolning shaxsiy haqqi bo‘lib, xohlasa oladi xohlasa kechib yuboradi. Xotini bilan yashamasa, javobini berishdan bosh tortsa, xotini bilan yashagan payti yolg‘on so‘zlagan, quruq va’dalar berib bajarmagan bo‘lsa, zolim, yolg‘onchi va munofiq bo‘ladi. Bu ayolga nisbatan zulm bo‘ladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 14:47 | Savol-javoblar | 272 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar