Muqim kishi musofir imomga iqtido qilganda

Assalomu alaykum! Muqim kishi musofir imomga 4 rakatli farz namozlariga iqtido qilganda, qolgan uchinchi va to‘rtinchi rakatlarida Fotihani o‘qishi yoki o‘qimasligi masalasiga oydinlik kiritish maqsadida saytda berilgan ma’lumotlar bilan tanishganimda qiroat qilmasdan to‘liq o‘qib olishi aytilgan ekan. "Qiroat qilmasdan" iborasidan murod Fotiha surasini o‘qimaslikmi? 3-4-rak’atlarda qiroat qilmaslik boisi nimada? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musofir odam muqim imomga iqtido qilsa namozga kirishi bilan muqimning namozi kabi o‘qiydi. Bizning mazhabimizda muqtadiy Fotiha va zam suralarni o‘qimasdan jim turadi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 14:58 | Savol-javoblar | 206 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar