Topganim xalolmi

Assalomu alaykum! Men metal bilan savdo qilaman yani metallom olib sotaman odamlar metallomim bor deydi men 1800 som olib kelib berishsa olaman agar ozim borsam arzonroq olaman va bir odam bor qachon telifon qilsam pulini berib metalni olib ketadi 2000 dan shu ishdan qilayotgan foydam halolmi 2 .bugun men kasal uyda edim birov metallom bor 1 tonna deb tel qildi ha olaman 1800 dan dedim va metallomchiga aytdim shunday shu joyda metal bor deb rasmini tashlab olib ketasmi desam ha dedi va tarozida tortib olib ketdi metallomni egasiga pulni men beraman dedim Pulni egasiga metallomchidan olib turib foydamni chiqarib keyin bersam ham boladimi Yoki avval metallomni egasiga pulni men berib keyin metallomchidan pulni olishim kerakmi .3 bazan katta pullik ogir metal bolib qoladi 10 100 milyonlik har hil egasi sotaman desa biz boshqa haridor topib pul tikmasdan unga o‘z foydamizni qoyib o‘tkazsak bu savdo bizga halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Yolg‘on yoki firibgarlik qilmasangiz halol bo‘ladi.2). Avval sotib olib keyin boshqaga sotishingiz kerak edi. Hech bo‘lmasa nasiyaga bo‘lsa ham sotib olib o‘zingizniki qilishingiz kerak edi.3). Nasiya savdosi qilib bo‘lsa ham sotdim-oldim qilib oling. Keyin sotaverasiz. Yoki dalollikni kelishib olib, dalolat qilganingiz uchun foyda olayotganingizni ayting. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 20:13 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar