Shomdan keyin qazo namozlarini hukmi

Assalomu alaykum! Ustoz meni xonadoshlarim darsdan kelganicha asr o‘tib ketib qolayapti. Shunda ular shom namozini o‘qib bo‘lib orqasidan asr ba’zida peshin namozlarini o‘qiyapti. Shu to‘g‘rimi? O‘tgan yili men bir xonadoshim ham shunday qilganda men unday qilmaslik keragov degandim shomni o‘qib bo‘lib qazo namozlarini o‘qimaydiyov degandim quyoshni qizli bor bo‘lgani uchun shunday degan bo‘lsam kerak yana asr namozidan keyin qazo namozlarini o‘qisa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Namozni atayin o‘z vaqtida o‘qimay, so‘ng vaqti chiqqach qazo qilib o‘qish mo‘min uchun o‘ta xatarli gunoh ekanini ularga tushuntiring. O‘z vaqtida o‘qishga imkon topishsin.2). Agar sohibi tartib bo‘lsalar, avval qazo namozlarni o‘qishlari shart.3). Asr namozidan keyin qazo namozlarini o‘qisa bo‘ladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 15:52 | Savol-javoblar | 171 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar