Boshqa dinlar va Islom dini

Assalomu alaykum! Adashmayotgan bo‘lsam, "Islom dini eng mukammal din, Uni oxirzamon payg‘ambari Rasululloh sollallohu alayhi vasallam olib keladi" Bilamizki va iymon keltirganmiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam gacha ham payg‘ambarlar bo‘lgan va qaysidirlaridur din olib kelib unga da’vat qilishgan. Alloh taolo hamma narsani bilguvchi Zot agar oldingi dinlarda kamchilik bo‘lgan bo‘lsa nega ularni jo‘natmasdan faqat Islom diynini jo‘natmagan? Bu savol miyyamda o‘rnashib qolgani uchun o‘zim uchun noto‘g‘ri fikr qilib olmaslik uchun sizlarga murojaat qilmoqdaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Odam alayhissalomdan payg‘ambarimizgacha bo‘lgan din bittadir. U Islom dinidir. Shariatlar esa zamon va makonga qarab turlicha bo‘lgan. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 04:24 | Savol-javoblar | 161 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar