Islomda jinsiy hayot mavzusidagi risola
Shayx Xazratlari, oxirgi vaqtlarda jinsiy hayot mavzusida ko‘plab savollar berilmoqda. Ko‘plari er va xotin o‘rtasidagi bizning urf odatlarimiz, milliy mentalitetimizga mos bo‘lmagan, g‘arbdan kirib kelgan jinsiy aloqa turlari va ko‘rinishlari xaqidaligini guvohi bo‘lmoqdamiz. Bunday savolallarning ko‘p bo‘lishiga sabab, sizning shu xususda xar tomonlama ochiq yoritib yozilgan risolangizning yo‘qligimikin.("Baxtiyor oila" va "Jinsiy yaqinlashuv odoblari haqida" nomli risolalaringizda ko‘p narsalar yoritilmagan). Chunki bilib yoki bilmasdan, yoki ibodatsiz yurgan paytlarda kino, internet va boshqa yo‘llar orqali g‘arb mamlakatlari filmlarini ko‘rgan yoki kitobini o‘qigan musulmonlar “shu holatlarga islom nima deydi?” deb qiziqadi. Birovdan so‘rashga uyaladi. Internet orqali Rossiya islomiy saytlaridagi javoblardagi “mumkin” degan javobni o‘qigach ikkilanib qoladi. Ularning fatvosini olsa bo‘ladimi, yo‘qmi? Ularni tanimaymiz, xaqiqiy olimmi yoki dinni dushmanimi? Shunda o‘z Olimimiz bo‘lmish Siz Shayx Hazratlaridan aniqlashtirgimiz keladi. Ammo Sizdan ko‘pincha “ba’zi ulamolar buni jirkanch, insoniyat tabiatiga zid narsa deydilar” kabi javobni olgach, "xarom demadilar-ku" kabi xayollar paydo bo‘ladi. Misol uchun aroq haqida so‘rasa "bu yaxshi emas" demaysiz, balki "Bu xarom" deysiz, namoz o‘qimaslik haqida so‘ralsa "bunday qilmagan yaxshi" demaysiz, "Bu gunoh" deysiz. Shundan so‘ng aroq ichishni umuman o‘ylab ham o‘tirmaymiz. Ammo bu jinsiy hayot mavzusidagi savollarga ko‘pincha aniq javobga ega emasmiz. Halolmi yoki harommi, yoki makruhmi, yoki cho‘chqa go‘shtini ochdan o‘lmaslikda eyishga ruxsat berilgani kabi, ba’zi holatlarda mumkinmi? Agar shu xususda qanchalik uyatli bo‘lmasin bir marta qattiq kirishib bir to‘liq jinsiy hayotning barcha tomonlarini qamrab olgan asar yozilsa, keyin bunday savollar chiqmas edi, chiqsa ham, “bu haqda to‘liq ma’lumot bor, topib o‘qing” deyilgan bo‘lardi. Qimmatli vaqtingizni olganim uchun uzr, bu ko‘pchilik yosh oilalarni qiynayotgan savollar.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Menimcha siz bir savolga javobni kitob qilish kerak deb o‘ylamoqdasiz. Muktubingizni qayta o‘qib ko‘ringga.
27 Aprel 2022, 09:29 | Savol-javoblar | 202 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Menimcha siz bir savolga javobni kitob qilish kerak deb o‘ylamoqdasiz. Muktubingizni qayta o‘qib ko‘ringga.
27 Aprel 2022, 09:29 | Savol-javoblar | 202 | Turli savollar