O‘g‘irlangan darsliklar haqida

Assalomu alaykum! Quyidagi masala bo‘yicha ma’lumot berib, oydinlik kiritsangiz, minnatdor bo‘lardim. Bundan Bir necha yil avval dasturlashni o‘rganishni boshlagandim. internetda bir necha onlayn kurslarni pul to‘lamasdan, o‘g‘irlab ko‘rganman. Xozir, ishlayian va bu ishim xatoligini tushindim. Afsuski, o‘g‘irlagan kurslar yodimdan ko‘tarilgan. Bitta-ikkitasi yodimda xolos. Ushbu xolatda nima qilishim kerak? Men sizning vaqtingiz muhimligini tushunaman va siz taqdim eta oladigan har qanday yo‘l-yo‘riq yoki ma’lumotnomalarni juda qadrlayman. Sizning yordamingiz, shubhasiz, mening tushunishimga hissa qo‘shadi va bu masalani aniqroq boshqarishimga yordam beradi. E’tibor va javobingiz uchun Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin. Musulmonlar jamoatiga xizmat qilish va muqaddas Islom ta’limotlarini asrab-avaylash yo‘lidagi fidoyiligingiz uchun Alloh taolo sizga barakalar bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haq egalarini topa olsangiz ularni rozi qilasiz. Agar topa olmasangiz o‘sha haqni faqir-miskinlarga savob umid qilmay sadaqa qilib yuborishingiz kerak. Vallohu a’lam!

28 Oktabr 2023, 09:28 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar