O‘zimni mulkim ham nisobga etibdi

Assalomu alaykum! Ramazonda xar yili bir tanishimiz zakot qilib tillo berishadi. Ichida onam berganlari xam bor. Shularni tortib ko‘rsam 85 gm ga etibti. Bundan boshqa mablag‘imiz yo‘q. Shunga zakot berishim kerakmi? Bitta nogiron farzandim bor. Agar berish kerak desalaring shu farzandimga bersam bo‘ladimi yoki boshqa kishilarga beraymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aynan o‘zingizni mulkingizdagi tillolar 85 gramm bo‘lsa zakot olishingiz joiz emas. Avval zakotini bering, keyin o‘sha tillolaringizdan sotib farzandingizga ishlating. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 16:36 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar