Poezdda namoz

Assalomu alaykum! Poezdda manzilga etish uchun 14soat atrofida vaqt ketadi. Ora-orada bekatlarda to‘xtab oladi(3-4soatda bir). Namoz vaqti bo‘lganda vagonga chiqish joyida turib namoz o‘qish uchun bir kishilik joy bor, garchi noqulay bo‘lsada. Muammo shundaki telefondan islom.uz ilovasi orqali qiblani aniqlab joynamoz ustiga qo‘yib namoz o‘qimoqchi bo‘lganimda poezdning uzluksiz qimirlashi tufayli qibla strelkasi ham mos ravishda o‘zgarib turadi. Shu paytda poezdham 1-relsdan 2-relsga o‘tishda biroz buriladi, yoki qayrilishlar ham bo‘ladi, bu namoz o‘iqb turgand asezilmaydi, lekin ilovadagi strelkadan gumon bilan biroz aniqlab olsa bo‘ladi(lekin bu soniyalar ichida amalgam oshadi). Shu vaziyatda dastlabki holatga ko‘ra qiblani aniqlab shu tomonni qibla deb qasd qilib oxirigacha shunday o‘qishim kerakmi yoki har doim 100% aniq ko‘rsatmay , qimirlab turgan strelkaga qarab Shubha bilan namoz o‘qish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar qiblani qasd qilib namozni boshlaganingizdan keyin poezd yurib boshqa tomonga burilsa 45% gacha boshida yuzlangan tarafga qarab o‘qiyverasiz, undan ko‘p bo‘lsa namozda turib siz ham usha tarafga burilasiz. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 16:36 | Savol-javoblar | 160 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar