Hasan Basriyning gaplari

Assalomu alaykum! «Qur’onni qayta-qayta o‘qidim, 90 joyida Alloh rizqqa kafil ekanini, faqat bir joyida shayton insonni faqirlik bilan qo‘rqitishi haqida o‘qidim. Nadomatlar bo‘lsinki, odamlar Robbisining 90 va’dasini unutib, shaytonning bir yolg‘oniga aldanadi...» Hasan Basriy rahmatullohu alayh etgan ekanlar shuni, shu rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imom Qurtubiy tafsirlarida Hasan Basriy rahmatullohi alayhning shunday deganlarini rivoyat qilganlar:
 "Qur’onning to‘qson erida: Alloh taolo rizqlarni taqdir qilib yaratganlariga kafolatini berganini o‘qidim. Shuningdek bir erida: "Shayton sizga faqirlikni va’da qiladi (qo‘rqitadi)"("Baqara" surasi, 268-oyat), deganini o‘qidim. Biz Rostgo‘yning gapiga to‘qson erga shubhalandik va yolg‘onchining bir erdagi gapi ishondik". Vallohu a’lam!

11 May 2022, 16:46 | Savol-javoblar | 191 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar