Mijoz yuborish
Assalomu alaykum! Men avval bozorda savdo qilganman. Xozir boshqa kasb bilan shug‘ullanaman. Bazida tanishlarim yoki eski mijozlar qo‘ng‘iroq qilib mendan avval bozorda sotgan maxsulotlarimdan so‘rashadi yoki tanishlardan olib bering deyishadi. Shunday xolatda bozordagi tanishlarimdan narxni bilib ustiga foydamni qo‘yib aytib mijozni tanishimga yuborsam joiz bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday qilishinngiz joiz emas. Undan ko‘ra sotuvchilarga dallollik qiling yoki vakillik qiling va oldindan “har bir yuborgan odamim uchun faloncha miqdorda haq to‘laysan” deb aniq kelishib oling. Foydani ham mijozning ustiga yuklamay “o‘zingni foydangdan berasan” deb kelishib oling. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 16:57 | Savol-javoblar | 146 | Moliya va tijorat