Kirakashlik (taksislik) makruhmi?
Assalomu alaykum! Bir kirakash birodarim menga taksilik qilish shariatimizda mumkinmi dedi men ha joiz dedim ya’ni topgani halol dedim umumiy qilib aytdim. Keyin u menga hozirgi davrda haromga yaqin makruh deb bir ilmli birodaridan eshitganligini aytdi. Men xayron qoldim va men unga albatta har bir ishda o‘zining shartlari bo‘lgani kabi taksilikda ham odob va shartlari bor dedim. Bu haqida boshqa savollarni o‘qidim lekin to‘liqroq dalillar bilan javob topa olmadim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Aslida muboh amal. Gunohga yordamchi bo‘ladigan holatlar bo‘ladigan bo‘lsa, qaysi gunohga yordamchi bo‘lsa o‘sha gunohdan nasibador bo‘ladi. Masalan bir kishi ochiq-oydin zinoga ketayotganini aytib olib borib qo‘yishini aytsa rozi bo‘lmasligi kerak. Rozi bo‘lsa o‘sha ishga yordam bergan hisoblanadi. Nima uchun ketayotganini aytmasa so‘rab o‘tirishga hojat yo‘q. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:01 | Savol-javoblar | 146 | Moliya va tijorat