Nomahram erkaklar nigohi

Assalomu alaykum! Men ayolimni ko‘chaga aylantirgani olib chiqganimda nomahram erkaklar qarayotganini ko‘rib rashqim keladi va ularga men ham o‘qrayib qariman va ular ko‘zini olib qochadi lekin mening ichimda qattiq nohushlik bo‘ladi va boshqa erkaklar ayolimga qarashi meni dayus qilib qo‘yadimi degan qo‘rquv bo‘ladi. Menda bo‘layotgan bu holat dinimizda qanday qaraladi va bu ishdan men dayus bo‘lib qolmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayolingizni shariatga muvofiq, nomahramlarni o‘ziga jalb qilmaydigan qilib olib chiqing. O‘sha rashkingiz kelishi dayus emasligingizga dalolat qiladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 17:19 | Savol-javoblar | 188 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar