Og‘riyotgan joyga qo‘lni qo‘yib duo qilish

Assalomu alaykum! Qo‘lini og‘riyotgan a’zosiga qo‘yib 3 marta "Bismillah" deyish va 7 marta "Au’zu billahi va qudratihi min sharri ma ajidu va uxaziru" ya’ni "Menga etgan va men ehtiyot bo‘layotgan kasallikning yomonligidan Allohdan va Uning qudratidan panoh so‘rayman" deb aytadi. (Muslim rivoyati). Shu saxixmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sahih. DUO QILIB, OG‘RIYoTGAN JOYGA
QO‘LNI QO‘YIShNING MUSTAHABLIGI
عَنْ عُثْمَانَ بْنِ أَبِي الْعَاصِ الثَّقَفِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ، أَنَّهُ شَكَا إِلَى رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَجَعًا يَجِدُهُ فِي جَسَدِهِ مُنْذُ أَسْلَمَ، فَقَالَ لَهُ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «ضَعْ يَدَكَ عَلَى الَّذِي تَأَلَّمَ مِنْ جَسَدِكَ، وَقُلْ بِاسْمِ اللهِ ثَلَاثًا، وَقُلْ سَبْعَ مَرَّاتٍ أَعُوذُ بِاللهِ وَقُدْرَتِهِ مِنْ شَرِّ مَا أَجِدُ وَأُحَاذِرُ   Usmon ibn Abu Os Saqafiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Musulmon bo‘lganimdan beri tanamda bir og‘riq bor edi, shu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga aytdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Qo‘lingni tanangdagi og‘riyotgan joyga qo‘yib, uch marta «Bismillah» degin, keyin etti marta «A’uzu billaahi va qudrotihi min sharri maa ajidu va uhaazir» degin», dedilar.
* Ma’nosi: «Alloh va U Zotning qudrati bilan bezovta qilayotgan va bezovta qilishi mumkin bo‘lgan (dardlarning) yomonligidan panoh so‘rayman». (Sahihi Muslim). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:35 | Savol-javoblar | 200 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar