O‘lgan insonning qarzidan kechsam bo‘ladimi

Assalom alaykum! Rahmatli do‘stimning mendan qarzi bor edi, lekin qarz berayotganimda guvohimiz bo‘lmagan. Qarzni yozib qo‘ygan ekanman qarz daftarimga. Rahmatli do‘stimning oila a’zolariga bu borada murojaat qilishim kerakmi, qarzdan voz kechsam ham bo‘ladimi? Qanday yo‘l tutsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qarzdan voz kechsangiz juda katta ajrlarga ega bo‘lasiz. Ammo kechganingizdan keyin qayta so‘rashga haqqingiz yo‘q. Agar qarzni guvohlar va yozuv-chizuv qilib qo‘ygan bo‘lsangiz merosxo‘rlariga aytib qo‘ysangiz bo‘ladi.  عن ابي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، انَّ النَّبِيّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: كَانَ رَجُلٌ يُدَايِنُ النَّاسَ، وَكَانَ إِذَا رَأَى إِعْسَارَ الْمُعْسِرِ، قَالَ لِفَتَاهُ: تَجَاوَزْ عَنْهُ، لَعَلَّ اللَّهَ تَعَالَى يَتَجَاوَزُ عَنَّا، فَلَقِيَ اللَّهَ، فَتَجَاوَزَ عَنْهُ Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Bir kishi odamlar bilan qarz oldi-berdi qilar, yo‘qsil odamning qiynalganini ko‘rsa, qo‘l ostidagi yigitga «Yo‘qsil odamning oldiga qarzini so‘rab borsang, undan kechib yubor, shoyad Alloh taolo bizlardan ham (gunohlarimizni) kechib yuborsa», der edi. U vafot etib, Alloh taologa ro‘baro‘ bo‘lgach, Alloh ham uni(ng gunohlarini) kechib yubordi». عن أَبي قتادة رَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ : سَمِعْتُ رسولَ الله صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يقول: «مَنْ سَرَّهُ أنْ يُنَجِّيَهُ اللهُ مِنْ كُرَبِ يَوْمِ القِيَامَةِ، فَلْيُنَفِّسْ عَنْ مُعْسِرٍ أَوْ يَضَعْ عَنْهُ». رواه مسلم Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kim Alloh taolo unga qiyomatning mashaqqatlaridan najot berishini istasa, hech vaqosi yo‘q yoki tang holatdagi insonga bergan qarzining muhlatini uzaytirsin yoki kechib yuborsin», deganlarini eshitdim.
Muslim rivoyat qilgan.عن أبي اليسر رَضِي اللهُ عَنْهُ قال : قال رسول الله صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: من أنظر معسرا، أو وضع له، أظله الله في ظل عرشه Abu Yusr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim tang holatda turgan insonga qarz muhlatini cho‘zib bersa yoki uni kechib yuborsa, Alloh taolo qiyomatda uni O‘z arshi soyasida soyalantiradi», dedilar. عَنْ عِمْرَانَ بْنِ حُصَيْنٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَنْ كَانَ لَهُ عَلَى رَجُلٍ حَقٌّ، فَمَنْ أَخَّرَهُ كَانَ لَهُ بِكُلِّ يَوْمٍ صَدَقَةٌ Imron ibn Husoyn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim biror kishiga qarz bergan bo‘lsa, so‘ng uni biroz muddatga uzaytirsa, kechiktirgan har kuni uchun unga sadaqa savobi yoziladi», dedilar».
Imom Ahmad rivoyat qilgan. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 17:41 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar