Maxfiy qiroat
Assalomu alaykum! Sog‘ omonmisizlar yaxshilar. Men bir yildan beri 5 mahal namoz o‘qiyman. Mahfiy va Jahriy namozlarni bilaman deb yurardim. Men Peshin va Asr namozlarining farzlarini maxfiy o‘qiyman ya’ni boshidan oxirigacha. Yaqinda dadam Peshin va Asrning farzlarida Takbir, Samiallohu liman hamidah, salom kabilarni Jahriy aytish kerak ekan deb qoldilar. Men esa yo‘q menimcha yakka tartibda o‘qilsa hammasini mahfiy o‘qiydi, jamoat namozida esa imom shularni jahriy aytadi dedim. Men Peshin va Asrni Farzlarini boshidan oxirigacha mahfiy o‘qiyman. Qaysi biri to‘g‘ri? Boshidan oxirigacha mahfiy o‘qishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namoz o‘quvchi yakka o‘zi farz namoz o‘qisa takbirlarni jahriy yoki maxfiy aytishi ixtiyoriy bo‘ladi, imom bo‘ladigan bo‘lsa dadangiz aytganday jahriy aytadi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 19:08 | Savol-javoblar | 182 | Namoz