Ayolimda ko‘nglim yo‘q

Assalomu alaykum! 2018-yilda uydagilarim topgan qiz bilan turmush qurganman ayolimda ko‘nglim yo‘q, boshida uydagilarimga aytganimda to‘ydan keyin sevib qolasan deyishdi lekin unday bo‘lmadi hozirda 2yoshdan oshgan o‘g‘lim bor, lekin hali ham ayolimda ko‘nglim yo‘q, yoshim 27da, to‘ydan avval ko‘p qizlar bilan gaplashganman lekin zino qilmaganmanman, hatto to‘ydan keyin ham ayolim yaxshi, lekin men sevolmayabman ko‘p gaplashsam urushib qolaman juda sodda. Birga yotishga ham uncha hohshim yo‘q o‘zimni olib qochaman hali yoshman o‘zimga yoqadigan ayol bilan gaplashgim yashagim keladi nima maslahat berolasiz? Ajrashay desam o‘g‘limni juda yaxshi ko‘raman, lekin qachongacha bu hol davom etadi bilmayman
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nomahramlarga qarash, ular bilan behuda suhbat qilish va yomon hayollardan saqlaning. Kishining nafsi buzuq bo‘lsa, ega bo‘lib turgan narsasiga qoniqmaydi. Boshqasini istayveradi. Buning oxiri yo‘q. Siz ajrashib boshqasiga uylansangiz, u ham yoqmay qolishi hech gap emas. Aybni o‘z nafsingizdan qidiring. Oilani buzmang. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 22:02 | Savol-javoblar | 211 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar