Yiqilib oyog‘im sindi gipsdaman

Assalomu alaykum! Yiqilib oyog‘imni sindirib oldim. 20 kundirki gipsdaman. Taxorat xam ololmiman namozda sajda xam qilolmiman. Namozim qanday xolatda o‘qiyman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tik turib boshlaysiz, ruku’ va sajdani stulga o‘tirib ishora bilan qilasiz, ruku’ning ishorasi sajdadan yuqoriroq bo‘lsin. G‘usl va tahoratda yuvadigan joylarni yuvib, gips ustiga mash tortasiz. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 22:02 | Savol-javoblar | 150 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar