O‘g‘irlagan pulini aytib berish

Assalomu alaykum! Do‘stimning iltimosi ila berayapman. Uning qalbi istirobda. Do‘stim pochchasining do‘konida sotuvchilik qilgan. Nafsining gapiga kirib u erda pul o‘g‘irlagan. Alhamdulillah endi hidoyat nuri bilan qilgan ishidan juda afsusda. U pulni oshkora qaytaray desa opasaning oilasi buzilishi yoki ikkala tarafning bordi keldi masalining buzilishi bor ekan. Do‘stim pulni qog‘ozga o‘rab “o‘g‘irlangan pul rozi bo‘lib kechiringlar iltimos" - deb do‘konga ismini shaxsini oshkor etmay tashlab ketsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Juda bo‘ladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 22:02 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar