Benamoz marhum

Assalomu Alaykum! Hurmatli ustozlar, yaqinda internet orqali “benamoz o‘tgan marhumning ortidan Qur’on tilovat qilib bo‘lmaydi, bari bir befoyda, Qur’on o‘qigan odam ham gunohkor bo‘ladi” deyilganini eshitdim. Haqiqatdan ham shundaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Namoz o‘qimaganligi, ro‘za tutmaganligi hadislarga binoan badbaxt ekanligining alomati hisoblanadi. Bunday kishilar haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duoibat qilganlar ham. عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللهِ: أَنَّ النَّبِيَّ صلي الله عليه وسلم رَقِيَ الْمِنْبَرَ، فَلَمَّا رَقِيَ الدَّرَجَةَ الأُولَى، قَالَ: آمِين، ثُمَّ رَقِيَ الثَّانِيَةَ، فَقَالَ: آمِين، ثُمَّ رَقِيَ الثَّالِثَةَ، فَقَالَ: آمِين، فَقَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ! سَمِعْنَاكَ تَقُولُ: آمِين ثَلَاثَ مَرَّاتٍ. قَالَ: «لَمَّا رَقِيْتُ الدَّرَجَةَ الأُولَى، جَاءَنِي جِبْرِيلُ عليه السلام فَقَالَ: شَقِيَ عَبْدٌ أَدْرَكَ رَمَضَانَ فَانْسَلَخَ مِنْهُ، وَلَمْ يُغْفَرْ لَهُ، فَقُلْتُ: آمين. ثُمَّ قَالَ: شَقِيَ عَبْدٌ أَدْرَكَ وَالِدَيْهِ أَوْ أَحَدَهُمَا فَلَمْ يُدْخِلَاهُ الْجَنَّةَ، فَقُلْتُ: آمِين. ثُمَّ قَالَ: شَقِيَ عَبْدٌ ذُكِرْتَ عِنْدَهُ، وَلَمْ يُصَلِّ عَلَيْكَ، فَقُلْتُ: آمِين» Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam minbarga ko‘tarildilar. Birinchi zinaga chiqqanlarida «Omin», dedilar. Keyin ikkinchi zinaga ko‘tarildilar va «Omin», dedilar. So‘ng uchinchisiga ko‘tarildilar va «Omin», dedilar.«Ey Allohning Rasuli! Uch marta «Omin», deganingizni eshitdik?» deyishdi.«Birinchi zinaga ko‘tarilganimda huzurimga Jabroil sollallohu alayhi vasallam kelib: «Bir banda Ramazonni topsa, lekin shu Ramazondan mag‘firat topmay chiqib ketsa, u badbaxt bo‘ldi», dedi, men: «Omin», dedim.So‘ng u: «Bir banda ota-onasini yoki ikkovlaridan birini topsa va ikkovlari uni jannatga kiritmasa, u badbaxt bo‘ldi», dedi, men: «Omin», dedim.Keyin u: «Siz zikr qilinganingizda salavot aytmagan banda ham badbaxt bo‘ldi», dedi, men: «Omin», dedim», dedilar».Sharh: Demak, banda Ramazon kelganda mag‘firat qilinishi uchun harak’at qilib qolishi, ro‘zani ixlos bilan tutishi, kechalari qoim bo‘lishi, shu qulay fursatdan gunohlarini Alloh taolo mag‘firat qiladigan tarzda foydalanib qolishi kerak ekan. Ramazonga beparvo bo‘lib, gunohlari mag‘firat etilmay qolib ketsa, bu mazkur bandaning badbaxt bo‘lgani ekan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shu gapga «Omin», debdilar. Har bir banda ota-onasi yoki ikkovlaridan birlari hayotligida ularning xizmatini qilib, roziliklarini, duolarini olsa, jannatga sazovor bo‘lar ekan. Agar shu imkoniyatdan foydalana olmay qolsa, bu uning badbaxtligi ekan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu gapga ham «Omin», debdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak ismlari qaerda zikr qilinsa, buni aytgan odam ham, eshitganlar ham darhol «sollallohu alayhi vasallam», «alayhissolatu vassalom» yoki «alayhissalom», deb salavot aytmasa, bu ularning badbaxtliklari ekan. Kim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ismlarini aytgan, eshitgan, ko‘rgan, o‘qigan – xullas, salavot aytishi lozim bo‘lgani holda beparvo bo‘lsa, demak, bu kishi badbaxt odamdir. Buni Jabroil alayhissalom ta’kidlabdilar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari «Omin», deb tasdiqlabdilar. (“Odoblar hazinasi” kitobidan). Vallohu a’lam! https://savollar.islom.uz/savol/3520

26 May 2022, 13:16 | Savol-javoblar | 138 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar