Bu bor hadismi?

Hazrat quyidagi ma’nodagi hadis bormi, sahihmi: Payg‘ambarimiz sollAllohu alayxi vasallam shunday deb marxamat qilganlar: - “Alloh taolo qiyomat kuni ummatimning o‘nta toifasiga g‘azab qiladi, ularni la’natlaydi xamda ular uchun alamli azob tayyorlab qo‘ygan. Alloh ularni do‘zaxga kiritadi” dedilar. Shunda saxobalar: - “Ular kimlar, ey Allohning Rasuli? ” deb so‘rashdi. U zot shunday javob berdilar: Zinokor qariya. Zolim raxbar. Doim aroq ichuvchi. Zakotni man qiluvchi. Yolg‘on guvoxlik beruvchi. Odamlar orasida chaqimchilik qiluvchi. Ota-onasining yuziga g‘azab bilan boquvchi. Xotinini taloq qilib, keyin xarom xolatda ushlab turuvchi. Zulm va jabrga xukm qiluvchi. Badani sog‘ bo‘la turib namozni tark qiluvchilar . . .
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu ma’noda hadislar bor. Ammo o‘n toifa aytilmagan. Uch yoki to‘rt toifa haqida gap bor.

12 May 2022, 01:39 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar