Fotixani buzish gunoxmi?

Assalomu alaykum! Men bir yigitga unashtirilgan edim, lekin fotixamni buzdim. Sababi fotixadan bir ikki oy avval u yigitni o‘zidan 15 yosh katta ayol bilan muntazam zino qilib yurganligidan xabar topdim, hatto fotixadan so‘ng ham bu ish takrorlangan. Buni o‘sha yigit u ayoldan uzoqlashgach, alamidan bor gapni ayolni o‘zi menga aytib berdi. Men bu ishlardan so‘ng u yigitdan nixoyatda ko‘nglim qoldi va fotixamni buzdim. Shundan so‘ng meni  xamma qo‘rqitmoqda. Emishki fotixani buzish og‘ir gunoh, fotixasi buzilgan qiz baxtsiz bo‘ladi ekan. Men gunoh ish qildimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu hech qanday gunoh emas. Aksincha to‘g‘ri yo‘lni tanlash, Alloh buyurgan pokizalikka harakat qilish savob hisoblanadi. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 21:07 | Savol-javoblar | 188 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar