Poezdda yotib namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Musofirdaman, yo‘lda kelishimda poezdda keldim yo‘l uzoq 5 kun yurdik. Namozimni qazo qilmay deb yotib o‘qidim, joyim teppa o‘rindiqda edi. Endi o‘ylab qoldim to‘g‘ri qildimmi deb. Farz namozimni 2 rakatini o‘qirdim shom 3 rakat xufton 4 vitr 3 rakatdan o‘qidim. Shunga nima qilay yoki qazo deb o‘qiymi qaytarib?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namozni tik turib, qiblaga qarab o‘qish kerak. Agar tik turishga imkon bo‘lmasa, o‘tirib o‘qiladi. Agar o‘tirishga imkon bo‘lmasa, keyin yotib o‘qiladi. Poezdda tik turib o‘qishga ham imkon bor. Agar tik turib to‘liq imkon bo‘lmasa, hech bo‘lmasa namozni boshlayapganingizda tik turib “Allohu akbar” deb quloq qoqib, keyin o‘tirib o‘qisangiz bo‘ladi. Agar unga ham imkon bo‘lmasa, o‘tirib quloq qoqib o‘qiysiz. O‘tirib o‘qiganda ruku’ va sajdalarni qilishga imkon bo‘lmasa, ishora bilan qilasiz. Sajdaga ruku’dan ko‘ra pastroq engashasiz. Poezdda tik yoki o‘tirib o‘qishga imkon bo‘lib siz yotib o‘qiganingiz uchun o‘sha kunlardagi namozlaringizni qazosini o‘qib oling. To‘rt rakatli (peshin, asr va xufton) namozlari ikki rakat qilib o‘qiysiz. Qolganlari o‘zi qanday bo‘lsa, shunday o‘qiladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 02:45 | Savol-javoblar | 181 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar