Mo‘minlarning sifatlari va tatbiq
Assalomu alaykum! Alloh behisob hamdlar bo‘lsinki Qur’on dagi ajoyib yana bir hidoyat oyatlari haqida fikr yuritishga muyassar qildi. 23:57-62 oyatlarda mo‘minlarning sifatlari ta’riflangan va oxirgi oyatda insonni tafakkurga chaqiruvchi oyat, ya’ni insonga bu sifatlar toqati ko‘taradigan narsalar ekani haqida bayonot berilgan. Men Allohni izni bilan ushbu oyatdagi sifatlarni Allohni rahmatini va roziligini istab amaliyotga o‘tkazishga qaror qildim. Endi siz ustozlardan shu sifatlarni har biriga erishish uchun qanday sabablarni qilishim kerakligi haqida ko‘rsatma bersangiz, in shaa Alloh sabablarni astoydil xolis qilib, natijani Allohga tavakkul qilaman. Qanday amallar qilishim kerakligi haqida iltimos ko‘rsatma bersangiz. Alloh O‘zidan qo‘rquvchi va umid qiluvchi, va rozi bo‘lgan bandalari qatorida qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh ta’olo “Mu’minun” surasid marhamat qiladi:إِنَّ الَّذِينَ هُم مِّنْ خَشْيَةِ رَبِّهِم مُّشْفِقُونَوَالَّذِينَ هُم بِآيَاتِ رَبِّهِمْ يُؤْمِنُونَوَالَّذِينَ هُم بِرَبِّهِمْ لَا يُشْرِكُونَوَالَّذِينَ يُؤْتُونَ مَا آتَوا وَّقُلُوبُهُمْ وَجِلَةٌ أَنَّهُمْ إِلَى رَبِّهِمْ رَاجِعُونَأُوْلَئِكَ يُسَارِعُونَ فِي الْخَيْرَاتِ وَهُمْ لَهَا سَابِقُونَ 57. Albatta, Robbilaridan qo‘rqib xavfda turuvchilar.
58. Va Robbilari oyatlariga iymon keltiradiganlar.
59. Va Robbilariga shirk keltirmaydiganlar.
60. Va beradigan narsalarini albatta Robbilariga qaytguvchi ekanliklaridan qalblari titragan holda beradiganlar.
61. Ana o‘shalar yaxshiliklarga shoshilurlar va ular o‘sha (yaxshilik)lar uchun musobaqa qilurlar.
Ushbu oyatlarda mo‘minlarning bir necha sifatlari zikr qilinmokda:
1. Alloxdan doimo qo‘rqib, xavfsirab turish. Ya’ni doimo taqvodorlik darajasida bo‘lish.
2. Allohning oyatlariga iymon keltirish. Xoh ular Allohning kitobi samoviysining oyatlari bo‘lsin, xoh borliqdagi oyat-mo‘’jizalari bo‘lsin, baribir.
3. Allox taologa shirk keltirmaslik. E’tiqodda Uning sherigi borligini tan olmaslik, amalda Alloxdan boshqa uchun amal qilmaslik.
4. Zakot, sadaqa berganda qiyomat kuni Alloh taologa qaytishni o‘ylab, qalbi titrab turib berish. Bu sifating zikri kelgan oyat tafsirida imom Ahmad quyidagi hadisni rivoyat qiladilar. Oisha onamiz Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga:
«Ey Allohning Rasuli, «Beradigan narsalarini albatta Robbilariga qaytguvchi ekanliklaridan qalblari titragan holda beradiganlar» o‘g‘rilik etib, zino qilib, aroq ichib, keyin Allohdan qo‘rqadiganlarmi?» dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Yo‘q! Ey Siddiqning qizi! U namoz o‘qiydigan, ro‘za tutadigan, sadaqa qiladigan va shu bilan birga, Allohdan qo‘rqadigan odam», dedilar».
Imom Faxriddin Roziy rahmatullohi alayhi tafsirlarida o‘sha sifatlar haqida quyidagilarni yozgan ekanlar:
«Bilginki, bu sifatlarning tartibi g‘oyat go‘zaldir:
Birinchi sifat taqiqlangan narsadan saqlanishni vojib qiluvchi qattiq qo‘rqinchga dalolat etadi.
Ikkinchi sifat Allohning vahdoniyatini tasdiqlashga dalolat qiladi.
Uchinchi sifat toatlarda riyokorlikni tark etishga dalolat qiladi.
To‘rtinchi sifat oldingi uch sifatni jamlashga dalolat qiladi. Toatlarini titrab, nuqsonga uchrashidan qo‘rqib ado etadi. Ana shu, siddiqlar maqomining cho‘qqisidir. Allox bizlarni ham shunga erishtirsin». (“Tafsiri hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
14 May 2022, 14:14 | Savol-javoblar | 177 | Ruhiy tarbiya