Oliyotgan pul xalolmi

Assalomu alaykum! Ko‘zimda tug‘ma  kasallik bor, uzoqni yaxshi ko‘raolmayman xatto 3 marta operatsiya xam bo‘lganman. Sog‘ligimda muamolarim bor nogironlik pensiyasini olaman yaqinda pensiya muddati tugab meni ko‘rikdan o‘tkazish kerakedi ko‘rikga bordim ko‘rikdan o‘tkizay turganda ko‘zimni tekshirdi men 3 4 qatordagi xariflarni ko‘rdim xariflarni tiniq ko‘ralmasamam lekin ko‘rdim lekin pensiyani olish uchun 2 qatorgacha ko‘radiganlar olarkan lekin onam do‘xtirlar bilan gaplashib xulosamdagi malumotlarni o‘zgartirib meni ko‘rikdan o‘tkizvorishdi men onamga aytdim bu ish noto‘g‘ri, davlatdan oliyotgan pulimiz xarom bo‘lishi mumkin olmaylik desam barbir quloq solmadilar sani man qancha qiynalib katta qilganman qancha kasal bo‘lgansan bu pullarni olishga xaqqing bor deyishyabdi. Onamga qattiq gapirib urushey desam iymonim yo‘l qo‘ymayabti. Bu  pullarga uyga oziq ovqat ro‘zg‘orga kundalik xarajatlarga ishlatamiz. Eb turgan luqmamiz xalolmi, namozlarim qabul bo‘ladimi? Garchan bularni men aslo xoxlamayman lekin onam tushunmayabtilar kelajakda Qur’on yodlamoqchi edim, ilm o‘rganmoqchi edim xarom luqma eb qo‘ygan bo‘lsam xotiram suslasishiga iymondan ayrilib qolishdan juda qo‘rqyabman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nogironlik nafaqasini oluvchilarga qo‘yilgan shartlarni yana bir bora sinchiklab o‘rganib chiqing. O‘sha shartlarga tushsangizlar olishda davom etavering. Agar mos kelmasangiz to‘xtating. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 02:56 | Savol-javoblar | 184 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar