O‘limlik pulidan zakot

Assalomu alaykum! Yoshi ulug‘ otaxon va ularning ayollari ushbu savollarni so‘rab berishni iltimos qilishdi: Ular dafn harajatlari uchun oldindan o‘limlik pullarini saqlab qo‘yishar ekan. Ushbu pullarining miqdori nisobga etgan ekan. Ular ushbu puldan zakot berishlari kerakmi? 2. Agar ular zakot berishga majbur bo‘lishsa, o‘zlarining muxtojmand qizlariga berish mumkin bo‘lmaganligi tufayli, ular boshqa bir miskin(uchinchi shaxs) orqali qizlariga o‘tkazishlari mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Har biriniki yoki ikkisidan biriniki alohida nisobga etgan bo‘lsa zakot berishi farz. Farzandlariga berishi joiz emas, garchi boshqa shaxs orqali bo‘lsa ham. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:51 | Savol-javoblar | 142 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar