Royishlik xaqida

Assalomu alaykum! Menga biron tanishim tomonidan no xaqlik, qo‘pol muomala bo‘lsa, men shu ishlarga qarshi javob qaytarganim ma’qulmi yoki musulmonmiz kel endi qo‘yaver dib ko‘z yumib ketganim ma’qul bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Afu qilganingiz savobliroq.
Alloh taolo:
«Kechirimli bo‘l, ma’rufga buyur va johillardan yuz o‘gir», degan («A’rof» surasi, 199-oyat).
Ya’ni «O‘zaro muomala-munosabatda kechirimli bo‘l, oson yo‘lni tut. Odamlarga nisbatan o‘ta talabchan bo‘lma. qilgan xatolarini avf etuvchi, keng bag‘irli bo‘l». (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

12 May 2022, 03:18 | Savol-javoblar | 157 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar