Qur’onni marxumga bag‘ishlash

Assalomu alaykum! Bu yil biz uchun sinovli yil bo‘ldi. Avvaliga xolamni o‘g‘illari, so‘ng pochcham olamdan o‘tishdi. Buvijonim, Xolalarim xar kuni xar nomozdan so‘ng (Yosin surasini Bomdod namozidan so‘ng, Duxon surasini peshin namozidan so‘ng, Voqea surasini Asr nomozidan so‘ng, Mulk surasini Xufton namozidan so‘ng va Kahf surasini Jum’a kuni 12:00 gacham) o‘qib savobini shu olamdan o‘tkan yaqinlarimiz ruxlariga bag‘shida qilishmoqda. Ammo man bugun Quron uqib savobidan o‘tganlarni ruxlariga bag‘shida qilish bidat deb eshittim. Shu jumladan, imomi A’zam va imomi Axmad o‘tganlarga savobi boradi deyishgan bo‘lsa imomi Shofei va imomi Molik xazratlari yo‘q xech qanday savob bormaydi deyishganakan. Xattoki arabistonlik bir Shayx at-Tarifi degan odam bu ishni bidiat deb, Allohning rasuli (S.A.V) ning: "O‘zingizdan o‘tkanlar uchun Yosin surasini o‘qing" degan xadislarini xam sabab bo‘la olmasligini, bu xadis juda zaif xadis qatoriga kirishini aytibdi. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom!  Imom A’zam va imom Ahmad ibn Hanballar joiz deb turganlarida hozirgi zamondagi boshqa qaysi odamni gapi ularning gaplaridan ustun bo‘lishi mumkin? bir narsani yaxshi tushuning, juda ko‘p masalalar ijtihod orqali sobit bo‘lgan. Siz aytgan masala kabi. Bu masalalar haqida fuqaholarimiz “Men dalillar orqali etishib chiqqan natijam to‘g‘ri, qarshi tomonni dalilidan ustun deb bilaman, ammo Allohning nazdida men xato qilib qarshi tomon haq bo‘lishi ham mumkin” deydilar. Ayni shu gapni imom Shofe’iy va imom Moliklar ham aytadilar. Ya’ni bu masalalar haqida Allohning nazdida ayni shunday deb nuqta qo‘yolmaydi. Ikki taraf ham bir-birini zalolatdasan deyolmaydi ham deyishmagan ham. Hanafiy mazhabiga iqtido qilsak biz ham uni haq deb bilishimiz kerak. Joiz demagan tarafga malomat toshini otmasdan “sizga Allohning rahmati bo‘lsin” deb qo‘yilaveradi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 16:45 | Savol-javoblar | 165 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar