Bir kishining savoli

Assalomu alaykum! Musulmon kishi bir og‘ir gunoxiga qaytib shu gunoxiga qaytmaslik sharti bilan tavba qilishi yana biroz vaqt o‘tib o‘sha gunoxni sodir qilishi va yana tavba qilishi. Bir muddat yaxshi xolatda yurib yana o‘sha gunoxiga qaytishi va yana qilgan Ishidan qattiq nadomat chekib qaytib shu gunoxni qilmaslik sharti bilan yana tavba qilishi mumkinmi? Ya’ni musulmon bo‘la turib inson shunaqa zaif bo‘lishi mumkinmi? Yoki unday kimsa o‘zi o‘zini musulmonman deb aldab yurgan bo‘ladi xolosmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mumkin. Nima gunoh qilsa ham tavba qilishi va tavbasida sobit turishi kerak. Mabodo yana o‘sha gunohni qilib qo‘ysa Allohning rahmatidan noumid bo‘lmasdan tez tavbaga shoshilishi kerak. Tavba qilganidan keyin gunohga olib boruvchi yo‘llarni, sabablarni va kishilarni ham eshigini yopish kerak. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 04:24 | Savol-javoblar | 138 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar