Ruhiy hasta
Assalomu alaykum! Bir singlimiz nomidan yozmoqdaman. Otam ruhiy xasta hattoki birovni o‘ldirish holatida. Kichkina bola paytimizda onam va bizlarni o‘ldirmoqchi bo‘lib tahdid qilardilar yarim tunlari onam bizlarni ko‘chaga olib qochib uxlash uchun boshpana qidirardi, ko‘p qiyinchiliklar ko‘rardik. Ruhiy kasalxonada bir necha bor davolatdilar onam axiyri ilojsizlikdan qariyalar uyiga topshirishga majbur bo‘lganlar. Yigirma yil bo‘ldi endi hammamiz oilalimiz, ishlimiz. Oilada to‘rt farzandmiz bir o‘g‘il va uch qiz. Akam tez-tez otamni ko‘rgani borib turadi. Opa singlim bilan maslaxatlashib akamizga uyga opkeling yordamlashamiz desak ko‘nmayaptila. Chunki kun bo‘yi ishda bo‘ladila uyda yolg‘iz onam qoladila u kishiga zarar etkazsa yoki o‘ldirib qo‘ysalachi deb qo‘rqyaptila. Qur’on tilovat qiladigan bir ayol menga buning oxiratda ajri yomon Alloh sizlardan norozi qanday bo‘masin uyga opkelib qarash kerak dedi. Sizga savolim otam vafot etganlaridan so‘ng olib kelib amallari bilan dafn qilib duoyu fotihada bo‘lsak ham oxiratda biz farzandlarga ajri qanday bo‘ladi, gunohkor bo‘lib qolamizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zarariga qaraladi. Haqiqatan zarar etkazishi aniq bo‘lsa o‘sha turgan joyida yashagani yaxshi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 13:53 | Savol-javoblar | 171 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zarariga qaraladi. Haqiqatan zarar etkazishi aniq bo‘lsa o‘sha turgan joyida yashagani yaxshi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 13:53 | Savol-javoblar | 171 | Dolzarb savollar